11 Fevral 2023 579

Abu-Dabida Interpolning 24 – Osiyo mintaqaviy konferensiyasi oʻz ishini yakunladi

Birlashgan Arab Amirligining Abu-Dabi shahrida xalqaro politsiya tashkilotining 100-yilligiga bagʻishlangan Interpolning 24 – Osiyo mintaqaviy konferensiyasi oʻz ishini yakunladi.

Konferensiya 42 mamlakatdan 150 dan ortiq huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlarini birlashtirdi, ular uch kun davomida Osiyo mintaqasida huquqni muhofaza qilish sohasidagi eng dolzarb muammolar boʻyicha fikr almashdilar.

Mazkur Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy byurosi va Toshkent shahar IIBB rahbarlari mamlakatimiz nomidan vakil sifatida ishtirok etdilar.

Uchrashuvda delegatlar mintaqada jadal rivojlanayotgan sintetik giyohvand moddalar savdosi, Janubi-Sharqiy Osiyoda odam savdosi, mintaqada terrorizmning hozirgi va yangi shakllariga qarshi samarali kurashish choralari, kiberjinoyatchilikka qarshi kurash, Internet orqali bolalarning jinsiy ekspluatatsiyasi va boshqalar kabi mavzularni muhokama qildilar.

“Jinoyatchilik chegara bilmaydigan dunyoda Osiyoning xilma — xilligi bizning eng kuchli tomonlarimizdan biridir”, dedi Interpol Prezidenti Ahmad Nosir Al-Raisi, “ishonchim komilki, bu munozaralar politsiya faoliyatining Osiyo va undan tashqaridagi kelajagini belgilaydi”.

2023-yilgi mintaqaviy konferensiyada Interpol Osiyo mintaqasida, xususan, biometrik maʼlumotlarni yanada samarali almashish orqali hamkorlikni yanada mustahkamlash va raqamli sud ekspertizasi vositalari va sunʼiy intellekt kabi yangi texnologiyalar orqali mintaqaning huquqni muhofaza qilish organlari salohiyatini oshirishga qaratilgan strategiyani taqdim etdi.

Oʻtgan konferensiya transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi saʼy-harakatlarni birlashtirish boʻyicha mintaqalararo muloqot uchun tramplin boʻlib xizmat qiladi.

Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi  Milliy markaziy byurosi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага