16 Yanvar 2023
493
6-son Jazoni ijro etish koloniyasida bir guruh mahkumlar ozod etildi
IIV huzuridagi JIED ikkinchi mintaqaviy hudud 6-son JIEKda o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarib, jazo muddatini belgilangan qismini o‘tagan mahkumlarning 12 nafari Jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudining ajrimiga asosan ozod etildi.
Koloniya xodimlari tomonidan mahkumlarni ozod bo‘lganligi hamda “14 yanvar Vatan himoyachilari kuni” bilan tabriklab yo‘l varaqalari topshirildi. Yo‘l varaqasini topshirish davomida ozod bo‘lgan mahkumlar koloniya xodimlaridan minnatdorliklarini bildirib, bu yerda o‘rgangan kasb-hunarlarini davom ettirib, to‘g‘ri va halol yo‘lda hayot kechirishga vada berishdi.
IIV huzuridagi JIED Axborot xizmati