18 Mart 2023 526

2500 AQSH dollar evaziga sertifikat olib bermoqchi boʻlgan firibgar fosh etildi

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Xorijiy tillar” kafedrasi oʻqituvchisi Shofirkon tumani Doʻrmen mahallasida yashovchi 1986-yilda tugʻilgan A.M. fuqaro J.D. ni aldab, ishonchini suiisteʼmol qilib, unga vakolatli tanishlari orqali “C” ingliz tili darajasini belgilovchi sertifikatni olib berishni vaʼda qilib, evaziga 2500 AQSH dollarini talab qiladi.

2023-yil 11-mart kuni soat taxminan 11:50 larda Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Buxoro shahar “Q.Murtazoyev” koʻchasidagi “Shafran” nomli umumiy ovqatlanish shoxobchasi oldida ushbu shaxs talab qilingan pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага