2 Fevral 2023 352

200 mln. soʻmlik tilla-taqinchoqlarini yashirin oʻmargan shaxslar tez fursatda qoʻlga olindi

Samarqand viloyati 2023-yil 26-yanvar kuni Samarqand shahri Zarmetan koʻchasida yashovchi 22 yoshli N.X. Samarqand shahri boʻyicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yilning 25-yanvar kuni soat 14:00da uning yashash uyiga eshik ochiq qolganligidan foydalanib, erkin yoʻl bilan kirib, mehmonxonasidagi shkafni ustida turgan 25-30 turdagi, bahosi 200.000.000 soʻmlik tilla-taqinchoqlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketgan nomaʼlum shaxsni topishni, unga qonuniy chora koʻrishni va yetkazilgan zararni undirib amaliy yordam berishni soʻragan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida mazkur jinoyatni 23 yoshli X.A va voyaga yetmagan 16 yoshli T.D.lar sodir qilganliklari aniqlanib, ulardan 3.950.000 soʻm pullar, 3 dona ayollar zanjiri, 3 dona uzuk, 2 juft zirak va 1 dona erkaklar soati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Jinoyatni sodir etgan ushbu shaxslarga nisbatan, JKning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan ayblov eʼlon qilinib, voyaga yetmagan T.D.ga “uy qamogʻi” X.A.ga esa “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага