21 Mart 2023 401

16 yoshli firibgarning «kirdikori» fosh boʻldi

Oltiariq tumanida yashovchi 37 yoshli O.R. murojaat qilib, nomaʼlum shaxs plastik kartasidan 1 mln 600 ming soʻm pullarini oʻzlashtirganligini maʼlum qilgan.

Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yashovchi 16 yoshli Sh.Sh. telegram messenjeri orqali O.R. bilan suhbatlashib, pullarini bir zumda 2 barobar koʻpaytirib berishini aytib, messenjer orqali zararli havola yuborgan holda plastik karta maʼlumotlarini qoʻlga kiritib, pullarni oʻzlashtirganligi aniqlandi.

Sh.Sh.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168- moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, Sh.Sh. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

IIV Kiberxavfsizlik markazi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага