28 Avgust 2022 658

11-son JIEK da mahkumlarning taklifiga asosan soha vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi

Navoiy viloyati Markaziy bank bosh boshqarmasi yuristi B.Oripov ishtirokida koloniyada jazo muddatini oʻtayotgan maxsus jamoaga “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” davra suhbatini oʻtkazildi.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratish mexanizmini soddalashtirish, aholining bandligini oshirish, daromad manbaini kengaytirish va mehnat faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida bir qator qulayliklar yaratilganligi toʻgʻrisida soʻz bordi.

Oilaviy tadbirkorlik subyektlariga – 3 oydan 6 oygacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga qaysi yoʻnalishlarga berilayotganligi mahkumlarda katta qiziqish uygʻotdi. Ular ham kelgusida ozodlikka chiqqanlaridan soʻng ushbu faoliyat bilan shugʻullanish istagini bildirishdi.

Uchrashuvda jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

IIV huzuridagi JIED Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага